Abdulla Qurbonov Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf şe'ri matni asosida "Döst" nomli qöşiq kuyladi.
Qöşiqçining özi tomonidan ma'lum qilinişiça, biroz avvalroq “Özbeknavo” estrada birlaşmasi unga litsenziyasini qaytargan.
"Albatta, bu uçun men “Özbeknavo” Estrada birlaşmasiga alohida minnatdorçiligimni bildiraman. Rejalarim bisyor, “Oqibat” haqida va yana juda köplab mavzularda qöşiqlar yaratişni rejalaştirganman", degan u "Darakchi.uz" saytiga bergan intervyusida.
Ma'lumot uçun, 2013 yilning fevralida “Özbeknavo” estrada birlaşmasi xonanda Abdulla Qurbonovga berilgan litsenziyasini bekor qilgandi.
Undan avvalroq internetda xonanda mast holatda qöpol ohangda içki işlar organlari xodimlari bilan muloqoti tuşirilgan video paydo bölgan edi. Xonanda mazkur voqea bölib ötganini tan olgan, öz qilmişidan puşaymonligini bildirgandi.






