Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya Liga kubogi: "Manchester Siti", "Stok" va "Everton" yarim finalga chiqdi
1 dekabr oqshomida Angliya Liga kubogining chorak final bosqichidan o‘rin olgan uchta uchrashuv o‘tkazildi.
“Manchester Siti“ o‘z maydonida “Xall Siti” jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi. “Shaharliklar” safida Kevin de Bryuyne dubl qayd etgan bo‘lsa, Boni va Ixeanacho o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.
“Everton“ safarda “Midlsbro” darvozasiga javobsiz ikkita gol kiritdi. Mersisaydliklar safida gollarga Deulofeu hamda Lukaku mualliflik qilishdi.
“Stok Siti” muxlislari qarshisida Afellay hamda Bardslining gollari evaziga “Sheffild Uensdey”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, “Manchester Siti", “Everton”, va “Stok Siti” klublari musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l olishdi.
Bugun yana bir chorak final uchrashuvi "Sautgempton" – "Liverpul" jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Angliya Liga kubogi, 1/4 final
Manchester Siti – Xall 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 12 Boni, 2:0 – 80 Ixeanacho, 3:0 – 82 de Bryuyne, 4:0 – 87 de Bryuyne, 4:1 – 90 Robertson.
Manchester Siti – Kabalero, Otamendi, Mangalya, Sanya, Klishi, Navas (Sterling, 62), Delf, Silva (Demichelis, 83), de Bryuyne, Fernandino, Boni (Ixeanacho, 71).
Xall – Yakupovich, Robertson, Xeyden, Teylor (Diame, 58), Maguayr, Livermor, Odubadjo, Aluko (Snodgrass, 73), Al-Muxammadi, Bryus, Akpom (Ernandes, 68).
Ogohlantirishlar: Mangalya (42), Maguayr (75).

Midlsbro – Everton 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 20 Deulofeu, 0:2 – 28 Lukaku.
Midlsbro – Mexias, Amorebeta, Gibson (Frend, 83), Ayyala, Lidbitter, Nsue, Dauning, Kleyton (Adoma, 73), de Pena (Forshou, 46), Kike, Stuani.
Everton – Robles, Gellouey (Beyns, 73), Stounz, Koulmen, Funes Mori, Berri, Kleverli, Osman, Barkli, Deulofeu (Miralyas, 81), Lukaku (Neysmit, 86).
Ogohlantirishlar: Amorebeta (47), Beyns (77), Stounz (89).

Stok Siti – Sheffild Uensdey 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 30 Afellay, 2:0 – 75 Bardsli.
Stok Siti – Batlend, Vollshayd, Uilson, Piters, Kemeron, Afellay, van Ginkel, Arnautovich (Uelan, 88), Jonson (Bardsli, 46), Krauch (Xoselu, 13), Uolters.
Sheffild Uensdey – Uayldsmit, Lis (Pudil, 38), Xatchinson, Uiggins, Lovens (Nuxiu, 77), Uolles, Li, Sugu, Xant (Makgugan, 46), Xuper, Lukash Joau.
Ogohlantirishlar: Sugu (53), van Ginkel (60).
