Britaniyalik 68 yoşli pensioner Derik Uayt Apple kompaniyasiga qarşi sudda ğolib çiqdi. Kompaniya dökoni xodimlari heç qanday ogohlantirişlarsiz uning telefonidagi barça ma'lumotlarni öçirib taşlagan. Bu haqda Evening Standard gazetasi xabar bermoqda.

The Sun naşrining izoh berişiça, qurilmada 15 yil davomida yozib borilgan telefon raqamlari bölgan. Fotosuratlar, ayniqsa, Uayt uçun juda qadrli edi. Telefonda erkak uçun muhim xotiralar jamlangan bölib, bunga toşbaqaning uning qölidan tişlab olgani videosini, Afrika safarisiga bölgan sayohat fotosuratlarini misol qiliş mumkin.

Uayt suddan 5 ming funt sterling miqdoridagi moddiy zarar talab qildi. U bu pullarga rafiqasi bilan yana bir asal oyini ötkazişga qaror qilgan edi. Çunki rafiqasi bölgan voqeani eşitib yiğlab yuborgan va qattiq siqilgan.

30 noyabr kuni sud qariyaning talabini qondirdi, ammo töliq hajmda emas. Moddiy zarar miqdori 1200 funtni taşkil etdi, şuningdek, Apple qariyaning 800 funtdan iborat yuridik xarajatini ham qoplab bergan.