Futzal böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi Toşkentda 3 kun maşğulot ötkazgaç, bugun, 2 dekabrda Belarus davlatiga uçib bordi. Bu haqda Özbekiston FF matbuot xizmati xabar bergan.

U yerda Belarus terma jamoasi bilan 2-3 dekabr kunlarida ikkita örtoqlik uçraşuvi ötkaziladi. 4 dekabrda terma jamoa Minskdan Moskva orqali Dohaga uçadi. 5-10 dekabr kunlari Qatarda yiğin va Qatar termasi bilan ikkita nazorat uçraşuvi taşkillaştiriladi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasi kelasi yilning 10-21 fevral kunlari Toşkentda ötkaziladigan Osiyo çempionatiga tayyorgarlik jarayonini olib bormoqda.
Belarus va Qatarga boradigan delegatsiya tarkibi quyidagiça.
Murabbiy: Xose Mariya Mendez
Menejyer: Rustam Tolibjonov
Murabbiy: Bahodir Ahmedov
Tarjimon: Nodir Yusufjonov
Şifokor: Sunnatullo Yölçiyev
Futzalçilar: Rustam Umarov, Klim Tyugayev, Dilşod Irsaliyev, Javlon Anorov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Davron Çoriyev, Dilşod Rahmatov, Konstantin Sviridov, Andrey Şlema, Ilhom Hamroyev, Nodir Eliboyev, Feruz Faxriddinov, Jamoliddin Şaripov, Sunnat Kuralov, Davron Abdurahmonov.






