1 dekabr kuni Milliy matbuot markazida Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi tomonidan “Keksalarni e'zozlaş yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida amalga oşirilgan işlarga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Bu haqda UzA xabar bergan.
Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi kengaşi raisi T.Norboyeva va boşqalar prezident Islom Karimov rahnamoligida yoşi uluğ insonlarga hurmat-ehtirom körsatiş, ularni aniq manzilli ijtimoiy himoyalaş, turmuş darajasi va sifatini yuksaltiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilayotganini ta'kidladi.
«Keksalarni e'zozlaş yili» Davlat dasturiga muvofiq jamoat taşkiloti keksalar, nogironlar va aholining boşqa toifalari uçun ijtimoiy xizmatlarga oid qonun va boşqa qator hujjatlar loyihalariga takliflar kiritişda faol qatnaşdi.
Dastur doirasida jamoat taşkilotining işonç telefoni orqali 150 dan ortiq faxriyga bepul huquqiy maslahat berildi. Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan turli vazirlik va idoralarda mehnat qilgan 1941-1945 yillardagi uruş faxriylariga 300 ming sömdan pul mukofotlari topşirildi.
Ehtiyojmand va yolğiz keksalarga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar ajratiş, uy-joylarini ta'mirlaş, kommunal tölovlariga kömaklaşiş maqsadida 7 milliard 750 million sömga yaqin moddiy yordam körsatildi. Kam ta'minlangan faxriylarga kir yuviş maşinasi, mikrotölqinli peç va boşqa elektr-rözğor jihozlari tuhfa etildi.
Tizimdagi 15 sihatgohda katta hajmdagi quriliş-rekonstruksiya işlari bajarildi. Joriy yilning 1 dekabrigaça Kasaba uyuşmalari federatsiyasi hamda vazirlik va idoralarga qaraşli 36 sanatoriy-soğlomlaştiriş maskanida qariyb 11,5 ming otaxon va onaxon soğlomlaştirildi.
Dastur doirasida otaxon va onaxonlarning qadimiy şaharlarimiz, madaniyat va ma'rifat maskanlariga sayohatlari taşkil etildi. Davlat dasturi ijrosi uçun Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi kengaşi tomonidan 73 milliard söm mablağ yönaltirilgani keksalarga hurmat körsatiş mazkur jamoat taşkiloti faoliyatida ustuvor örin tutganini körsatadi.






