Vladimir viloyati sudi Tojikistonda tuğilgan Mavzuna Mazoriyevaning işini körib çiqadi. Qiz internet orqali ekstremizm tarğibotini olib borganlikda ayblanmoqda.
18 yoşli Mazoriyevaga nisbatan ayblov viloyat prokurori örinbosari tomonidan tasdiqlangan bölib, jinoyat kodeksining 208-moddasi 2-bandida közda tutilgan şaklda “internet tarmoğidan foydalangan holda ommaviy tarzda ekstremizmga çaqiriqlarni amalga oşiriş” deb belgilangan
2015 yil iyunida Vladimir viloyati Kolçugino şahriga taşrif buyurgan Mazoriyeva internetdagi ma'lumotlar ta'sirida radikal qaraşlarga qöşila boşlagan. 12 avgust kuni u “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoğida “Asmaa na puti Allaxa” deb nomlangan şaxsiy sahifasini oçgan.
Söng telefondan foydalangan holda öz sahifasiga ekstremistik ruhdagi videolavhalarni joylaştirgan.






