Turkiya Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tuşirilişi bilan boğliq holda keskin reaksiyalar körsatayotganiga javoban hissiyot bilan yondoşmaydi. Bu haqda Ğarb matbuoti Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanga asoslanib, xabar tarqatgan.
"Biz Rossiyaning hissiyotli harakatlariga qarşi aql bilan iş tutamiz", degan u.
Uning ta'kidlaşiça, rasmiy Anqara Turkiyadan kelib çiqişi rossiyalik bölganlarni çiqarib yuborişni rejalaştirmagan.
Turkiya rahbarining qayd etişiça, öz mamlakati Rossiyani strategik hamkor sifatida bilsa ham, bu davlat turkiyalik tadbirkorlarga nisbatan taqiqlar qölladi.
"Biz tilda iş qilmaymiz", degan Erdöğan.
Turkiya va Rossiya munosabatlari 24 noyabr kuni ruslarning Su-24 rusumli harbiy bombardimonçi samolyoti Turkiya-Suriya çegarasi hududida urib tuşirilganidan söng yomonlaşdi. Turkiya bu samolyotni öz havo kengliklarini buzib ötgani uçun urib tuşirganini ma'lum qilgan. Rossiya tomoni esa bu ayblovni tan olmagan.
Şundan söng, Rossiya prezidenti buni "orqadan qilingan hujum" sifatida baholagan.
Vladimir Putin 28 noyabr kuni Turkiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etiş haqidagi farmonni imzolagan edi.






