Germaniya kansleri Angela Merkel Germaniyaga yaxşi iqtisodiy şaroitlarni oliş uçun kelayotgan afğonlar ortiga, ya'ni Afğonistonga yuborilişini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.  

Merkel bu haqda Afğoniston prezidenti Aşraf Ğaniy bilan Berlinda birgalikda bergan matbuot-anjumanida aytdi. Uning aytişiça, Germaniya nemis armiyasi kabi xorijiy kuçlarga işlagani uçun jiddiy xavfda qolayotgan afğonlar oldidagi gumanitar majburiyatlarini bajaradi.  

“Biroq qoçqinlar yaxşi hayot ilinjida kelganda va men bu umid ularning köpçiligi uçun ulkan ekanligini bilaman, unda ularga boşpana yoki turar-joy oliş uçun maqom berişga sabab yöq”, deb aytdi Merkel va bunday vaziyatlarda ular mamlakatdan çiqarilib yuborilişini aytdi.

Avvalroq Kobul Germaniyadan deportatsiya qilingan barça afğonlarni yana qabul qilib olişini aytgan edi.