Beeline aloqa operatori qulay muloqot uçun halqaro aksiya ötkazilişini ma'lum qiladi. Endi Rossiyadagi Beeline abonenti bölgan va “Vsyo” tarif rejalarining biridan foydalanadigan yaqinlari bor kompaniyaning özbekistonlik abonentlari aloqa xizmatlari uçun har oy 20$gaça miqdordagi bonusga ega bölişlari mumkin.
“Döst va yaqinlaringiz Moskva yoki Sankt-Peterburgda bölsa, ularga “Vsyo” tarif rejasi yoqilgan Beeline SIM-kartasini xarid qilişni tavsiya eting, – deya izoh beradi Unitel tijorat direktori Maksim Yefremov. – “Vsyo” tarif rejasi yoqilib, telefon raqamingiz sevimli raqamlar röyxatiga qöşilsa, avtomatik ravişda, şu yerda, ya'ni Özbekistonda öz balansingizga bonuslarni qabul qilib olasiz”.
Bonus miqdori abonentning qarindoşi yoki yaqin insoni ulangan “Vsyo” tarif rejalari turi hamda Rossiyadagi “Bilayn” mobil aloqasi uçun sarflagan mablağiga qarab belgilanadi. Aktsiya doirasida eng köpi 5$ miqdorida Beeline Özbekistonning tört raqamiga bonuslar taqdim etilişi mumkin. Şunda, raqamlar özgartirilişi mumkin. Har bir Beeline Özbekiston raqami Bilayn Rossiyadagi bir raqamdan bonuslar qabul qila oladi.
Taqdim etilgan bonuslarni Özbekiston böylab barça qönğiroq va SMS‘lar uçun, mobil Internet va mavjud tarif rejasi böyiça abonent tölovi uçun sarflaş mumkin. Bonuslar taqdim etilgan kundan boşlab 180 kun amal qiladi. Keyingi oy uçun taqdim etilgan bonuslar avvalgi bonuslarning qoldiği bilan qöşiladi va sönggi bonuslar taqdim etilgan kundan boşlab yana 180 kunga uzaytiriladi. Bonuslarni pulga almaştiriş yoki boşqa abonentlarga ötkaziş mumkin emas. Bonusli balansni *103# kodi orqali tekşiriş mumkin.
Aktsiya Moskva va Sankt-Peterburgdagi rossiyalik abonentlar uçun amal qiladi. Aktsiya haqida batafsil ma'lumotni www.beeline.ru saytidan olişingiz mumkin.






