Serbiya boş vaziri Aleksandr Vuçiç maşhur aktyor Stiven Sigaldan mahalliy politsiyaçilarga aykido jang san'ati sirlarini örgatişini söragan. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatgan.
63 yoşli aktyor aykido böyiça qora belboğ sohibi hisoblanadi. Vazir Sigal bilan Belgradda uçraşib qolgan vaqtida şu masala böyiça murojaat qilgan.
"Qaçonki, bunday taniqli şaxs Serbiyaga kelib, mamlakatimiz va xalqimizni yoqtirişini ma'lum qilar ekan, biz uni yana kutişimizni bildiramiz", degan Belgrad şahri meri Sinişa Mali.
Qayd etilişiça, Sigal Serbiyaga 3 kunlik taşrifi vaqtida "Bratya Kariç" kompaniyasi tomonidan insonparvarlik işlaridagi körsatgan xizmatlari uçun orden bilan taqdirlangan.
Aktyor bunday mukofotni (Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ham berilgan) qabul qilib olişdan faxrda ekanini bildirgan.
Biroz oldinroq, Stiven Sigal Rossiyaning Saratov şahrida aykido böyiça master-klass ötkazgani xabar qilingandi.






