Toşkent şahrida dekabr oyi boşidan 1-avtobus yönalişidagi avtobuslar "Paxtakor" metrosigaça qatnaşi yölga qöyildi. Bu haqda "Toşşaharxizmat"ga asoslanib, "Gazeta.uz" xabar tarqatgan.

“Toşşahartransxizmat” AK joriy yilning 1 avgustidan e'tiboran “Toşkent tramvayi” Unitar korxonasiga tegişli, Qöyliq markazidan TTZgaça bölgan yönalişda qatnovçi 13 tramvayning “Toşkent” vokzalidan TTZgaça bölgan qismi qisqartirilişini ma'lum qilgan edi.

Öşanda 13-sonli tramvay yönalişini takrorlovçi avtobus yönalişlaridan biri, «Yugnakiy dahasi — Markaziy univermag» oraliği böylab qatnaydigan 1-avtobus yönalişi qisqartirilgan va bu yönalişdagi 10ta avtobus «Yugnakiy» dahasidan «Maşinasozlar» metro bekatiga qadar harakatlanişi belgilangandi.

Endi bu yönalişdagi avtobuslar yana Markaziy univermag böylab yuradi va "Paxtakor" metro bekatigaça boradi.

Kompaniya bu yönalişga Mercedes-Benz rusumli avtobuslarni qöyişni rejalaştirmoqda. Ayni vaqtda bu yönalişda Isuzu rusumli avtobuslardan foydalaniladi.