Yaqin beş yil içida Qozoğistondagi barça uylar issiqlik hisoblagiçlari bilan ta'minlanadi. Bu haqda milliy iqtisodiyot vazirligi qoşidagi tabiiy monopoliyalarni nazorat qiliş va raqobatni himoya qiliş qömitasi raisi Serik Jumangarin ma'lumot berdi.

“Energiya tejaş maqsadlarida tegişli mexanizm işlab çiqilgan bölib, u hisob-kitob uskunalaridagi xizmat hajmini nazorat qilib borişga yordam beradi. Bu iş yaqin 5 yil içida yakunlanişi rejalaştirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda bunday uskunalar bilan ta'minlanganlik 43.6 foizni taşkil qiladi. Ostonada bu körsatkiç 99.84 foizga teng”, - dedi u markaziy kommunikatsiyalar xizmatida ötkazilgan brifing çoğida.