Özbekiston Xalq artisti Erkin Komilov "Darakçi" gazetasiga bergan navbatdagi intervyusida köplab yoş aktyor va aktrisalarni, muxlislarni tanimay qolgan “yulduz”larni, şuningdek, hozirda suratga olinayotgan “xontaxta”larni keskin tanqid ostiga oldi.

Ustoz san'atkorning ta'kidlaşiça, hozirgi yoş ijodkorlar s'yomka maydoniga istagan paytlarida kirib kelaveradilar, aniq grafik böyiça işlay olmaydilar.
“Rejissyor Ibrohim Rasulov mas'uliyatsiz yoş aktyorlarni deb bir yarim yildan buyon “Işq va anduh oğuşida” nomli filmini yakunlay olmayapti”, - dedi Komilov.

“Ibrohim aktyorlarni Çinobod sanatoriyasiga soat 10:00ga çaqirgandi, - sözida davom etdi u. – Ikki soat aktyor Umid Iskandarovni kutdim, oxiri maşinaga ötirib ketayotganimda pista çaqib kelayotganiga közim tuşib qoldi. Maşinadan tuşdim, özidan katta san'atkorni kuttiriş qanday bölişini özi bilib oldi”.

Erkin Komilovning aytişiça, boşqa yoş aktyorlar ham “mas'uliyat” borasida Iskandarovdan qolişmaydi:
“Gulçehra Eşonqulovani ham soatlab kutiş “baxtiga muyassar” bölganman. Bu aktrisaga ham iş va özidan katta aktyorlarga bölgan munosabatiga yaraşa muomala qilganman. Men betakrorman, qabilida iş tutiş yaxşi oqibatlarga olib kelmaydi.

Bugungi kunda istagan vaqtda suratga oliş maydonçasiga boriş yoş aktyorlarga tekkan kassalik, şekilli. Rejissyor Hamid Qahramonovning bir filmida suratga tuşayotgandim. Suratga oliş madonçasida Adiz Rajabov degan aktyorni ikki soatdan oşiq poyladim. Rejissyor ham qönğiroq qilganida “mana yetib keldim”, deydi. Bu aktyorlar mahoratiga emas, qoş-köziga işonişi turgan gap”.

San'atkorning fikriça, işga mana şunday yondaşuvi, bundan taşqari, rollarni tanlamay ijro qilişi boisidan bunday aktyorlarning nomi qisqa vaqtda yöq bölib ketadi.
“Drama aktyorlari har kuni pesa, asar öqiydi. Kino aktyorlaridan oxirgi marta qaysi kitobni öqiding, deb sörab köringçi? Mana şunday yoş aktyorlar ikkita filmda körinib, yulduz bölib olişadi. Rejissyorlar ularni “filmimda falonçi öynayapti”, deb köklarga kötarişadi. Ular “yulduz” bölsa, Özbekiston xalq artistlari Yoqub Ahmedov, Töti Yusupova, Rixsi Ibrohimova, Yayra Abdullayeva, Gulçehra Jamilovalar kim? “Yulduz”larimizning ijodiy faoliyati töğrisida körsatuv tayyorlab, hamma öynagan rollaridan parçalar kesib, ketma-ket körsatilsa, bitta film körayotgandek bölasiz. Rollarida xarakter, yuk yöq. Özbekiston xalq artisti Şukur Burxonov “rolni çertib-çertib tanlab, undan xarakter topa bilsanggina öynagin. Yöqsa xalqning me'dasiga tegib, nazaridan qolasan”, derdi. Naqadar haq gap! Bir paytlar katta ekranda yoqimtoylar safidan tuşmagan aktyor-aktrisalarimiz bugun kamnamoligining sababi şunda. Dazmol yoqqandayam öşalar çiqaverganidan keyin tomoşabin ularni qabul qilmay qöydi”.

San'atkorning fikriça, bunday illat nafaqat yoşlarga, balki örta yoşdagi aktyorlarda ham namoyon bölmoqda:
“Örta yoşdagi aktyor-aktrisalarimiz ham bu röyxatdan mustasno emas. “Istiqlol” san'at saroyining röparasida bir qoraqalpoq filmini suratga olayotganimizda uç-tört onaxon oldimga kelib, “Sizga iltimosimiz bor edi. Murod Rajabov, Ra'no Yaraşeva, Adiz Rajabov, Alişer Uzoqov kinoda rol öynamasin, gapimizni yetkazib qöying”, deyişdi... Filmdan filmga köçib yuradigan hamkasblarim tomoşabinga past nazar bilan qaraydi, ularning fojiasi şunda”.