Sönggi kun içida 1,5 mingdan ziyod muhojir Sitsiliya böğozida qutqarib qolindi. Bu haqda Italiya harbiy-dengiz kuçlari qömondonligi xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilişiça, noqulay ob-havo va tölqinlar sabab tanaffusdan keyin, Liviyadan qayiqlar kelişi tağin boşlangan. Jami bölib yettita operatsiya ötkazilgan. Unda Italiya sohil nazorati xizmati, “Çegara bilmas şifokorlar” kemasi, “Sofiya” Yevropa missiyasining ikki kemasi hamda Sitsiliya böğozida harakat qiluvçi patrul xizmatining kemalari iştirok etgan.