Özbekiston terma jamoasi fevral oyida Turkiyada ötkazişni rejalaştirgan yiğinni xavfsizlik tufayli bekor qilgan. Bu haqda Moldfootball.com xabariga asoslanib, std.uz xabar tarqatgan.
Özbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati esa hozirça bu haqda ma'lum qilmagan.
Özbekiston terma jamoasi Antaliyadagi yiğin davomida Moldova bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazişni rejalaştirgandi. Endilikda bu örtoqlik öyini Turkiyada emas, BAAda ötkazilişi mumkin.
«Özbekiston futbol federatsiyasi faks yöllab, xavfsizlik tufayli Turkiyadagi yiğinini bekor qilganini ma'lum qildi hamda örtoqlik öyinini 9 fevral kuni Dubayda ötkazişni taklif qildi. Moldova futbol federatsiyasi hozirda BAAda öynaş uçun ikkinçi raqib qidirmoqda. Agar topilsa, terma jamoa Dubayda yiğin taşkil qiladi», – deya xabar qilgan Moldova futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Ion Testimitsanu.
Eslatib ötamiz, ÖFF rasmiy sayti 25 noyabr kuni Moldova va Özbekiston terma jamoalari örtasida 2016 yilning 9 fevral sanasida, Turkiyaning Antaliya şahrida örtoqlik uçraşuvi bölib ötişi haqida xabar bergandi.
Biroz oldinroq esa, terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov Moldova bilan örtoqlik uçraşuvi haqidagi xabar asossiz ekanligini aytgandi.






