Özbekiston Oliy Majlisi Senati törtinçi yalpi majlisining birinçi iş kunida senatorlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan 2016 yilda iş örinlarini taşkil etiş va aholi bandligini ta'minlaş dasturi ham körib çiqdi hamda ma'qulladi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Dasturda aholini, şu jumladan, xotin-qizlarni, nogironlarni hamda ijtimoiy yordamga muhtoj aholining boşqa toifalarini va eng avvalo, yoşlarni işga joylaştirişning, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilişning yangi usullaridan foydalaniş nazarda tutilmoqda.
Kollej bitiruvçilarini işga qabul qiluvçi kiçik korxonalarga keng imtiyozlar beriş hisobiga iş örinlarini taşkil etişda kiçik biznesning rolini yanada oşirişga doir çora-tadbirlar dasturda alohida örin egallaydi.
ÖzAning qayd etişiça, iş beruvçi, ta'lim muassasalarining bitiruvçilari va ota-onalar örtasida tuzilgan uç tomonlama şartnomalar samaradorligini oşiriş va bunday şartnomalarning töliq bajarilişini ta'minlaş çoralari körilmoqda.
Dasturda iş örinlarini taşkil etiş, aholini işga joylaştiriş böyiça davlat va xöjalik boşqaruvi organlarining, xalq deputatlari tumanlar va şaharlar Kengaşlarining, barça darajadagi hokimliklarning aniq vazifalari belgilab berilmoqda.
Umuman olganda, dasturga muvofiq 2016 yilda 992,7 ming kişini işga joylaştiriş nazarda tutilgan. Şundan 511,5 ming kişi ta'lim muassasalari bitiruvçilaridir.






