Qirğiziston Milliy xavfsizlik masalalari böyiça davlat komiteti 3 nafar çegaraçining xalqaro terrorçilik taşkilotining a'zolaridan birini noqonuniy ravişda ötkazuv nazorat punktida qöyib yuborgani böyiça ma'lumotlarni oşkor qildi.
"Bişkekdagi "Manas-aeroport" ötkazuv punktidagi davlat çegara xizmati xodimlari jangarilar safiga yangi a'zolarni yollaş bilan şuğullangan, xalqaro qidiruvda bölgan terrorçini öz xizmat burçini suiiste'mol qilgan holda çegaradan ötişiga şaroit yaratib bergani aniqlandi", deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinişiça, şu yilning iyulida 3 nafar çegaraçi terroristik taşkilotning a'zosi va uning rafiqasining çegarada ötişida yordam bergan. Bu terrorçi köp vaqt ötmasdan Bişkekdagi maxsus amaliyot vaqtida öldirilgan.
Qirğiziston hukumati ma'lumotiga köra, Suriya va Iroq hududidagi jangari guruhlar safida 500 nafar atrofida qirğizistonlik bor. Ularning törtdan bir qismi ayollardir.






