Braziliyada restayling qilingan Chevrolet Cobalt namoyiş qilindi. Sedan dizayni markaning yangi korporativ stilida işlangan.

Rio-de-Janeyro şahrida ötkazilgan taqdimot marosimida ma'lum qilinişiça, maşina dizayni ança özgargan, modelning old qismi Çevrolet`ning firma dizayniga muvofiq ravişda qayta işlangan: avtomobilning çiroqlari torroq körinişga keltirilgan, radiator panjarasi va tumanga qarşi çiroqlar şakli özgartirilgan.
Intererga esa deyarli tegilmagan, faqat salon qulayliklariga sensorli displey hamda orqa köriniş kameralariga ega, iOS va Android’dagi smartfonlar bilan işlay oladigan MyLink II multimediya tizimi paydo bölgan. Yangilangan Chevrolet Cobalt`ning eng yaxşi komplektatsiyasiga yoruğlik datçiklari, orqani köriş kameralari va çarm salon kiradi.



Braziliya bozoridagi Cobalt sedanlari mijozlarga 1.8 litrli 4 silindrli 110 ot kuçiga ega atmosferali dvigatel bilan taklif etiladi.
Yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobilining Özbekistonda işlab çiqarilişi haqida hozirça ma'lumotlar yöq.






