Belgrad şahrida (Serbiya) Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) Taşqi işlar vazirlari kengaşi majlisi iştirokçilari terrorizmga qarşi kuraşga oid bir qator hujjatlarni imzoladi. Bu haqda YeXHT raisi, Serbiya Taşqi işlar vaziri Ivits Daçiç YeXHT Taşqi işlar vazirlari kengaşi majlisi yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

“57 a'zosi bölgan YeXHT singari taşkilotlar uçun gohida bir töxtamga keliş qiyin keçadi, – dedi u. – Biroq biz bölinişlar va qutblanişlarga qaramasdan biz bir qator muhim qarorlar, jumladan, terrorizm, narkotrafik, terrorizmga eltadigan zöravonlik ekstremizmiga qarşi kuraş, yoşlar va xavfsizlik masalalari, şuningdek, "5+2" formatidagi Dnestr muzokaralari böyiça hamkorlikdagi bayonotni qabul qilişga erişdik”.

Yakuniy hujjatlar böyiça ovoz beriş yopiq tartibda ötkazildi. YeXHT Taşqi işlar vazirlari kengaşi majlisida muhokama uçun jami bölib öndan ziyod hujjat loyihasi taqdim etildi.