Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos bundan 300 yil avval çökib ketgan ispanlarning “San-Xose” galeoni (yelkanli harbiy kema) topilganini ma'lum qildi. Unga köp miqdorda qimmatbaho boyliklar ortilgan bölgan.

“Ajoyib yangilik: biz “San-Xose” galeonini topdik! Ertaga Kartaxendagi matbuot anjumanida bu haqda batafsil ma'lumot beraman”, - deya Santos öz tvitteriga yozdi.

Qirol Filippa V flotiga tegişli kema 1708 yilda Karib dengizidagi Kartaxen port şahar-qal'asidan unça uzoq bölmagan joyda çökib ketgan, deya hisoblanadi. Uning bortiga kumuş va oltin tangalar, şuningdek, zumradlar ortilgan.