AQŞ va Afğoniston harbiylari Afğonistonda “Tolibon” radikal harakati jangarilari tomonidan asirga olingan kamida 40 kişini ozod etiş böyiça birgalikdagi operatsiyani ötkazişdi. Bu haqda NBC telekanali ma'lum qildi.

Telekanal ma'lumotlariga köra, operatsiya Afğonistonning janubidagi Ğilmon viloyatida AQŞ harbiy aviatsiyasi tomonidan körsatilgan qöllab-quvvatlov yordamida Afğonistonning quruqlikdagi maxsus kuçlari tomonidan ötkazildi. Ozod qilinganlar orasida Afğoniston xavfsizlik xizmati xodimlari va fuqarolar bor bölgan.

Telekanalning körsatişiça, AQŞ ma'lumotlariga köra, operatsiya davomida kamida 40 kişini ozod qilişga muvaffaq bölingan. Bu orada Afğoniston Qurolli kuçlari vakillarining aytişiça, ozod qilinganlar soni 60 kişigaçani taşkil qiladi. Ularga tibbiy yordam körsatilgan.