Qirğiziston antimonopol tartibga soliş agentligi mahalliy aloqa operatorlariga hisob-kitoblarni somda amalga oşiriş majburiyatini qöymoqda. Bu haqda agentlikda ma'lum qilindi.

Agentlik ma'lumotlariga köra, aloqa operatorlari Qirğiziston içki bozorida tarmoqlararo ulaş narxini belgilaşda xorijiy valyutadan foydalanişlari aniqlandi.

“Milliy bank töğrisidagi” qonun va Fuqarolik kodeksiga muvofiq, pul majburiyati milliy valyutada ifodalanişi va tölanişi kerak. Agentlik «Alfa Telekom», «Qirgiztelekom» va «Skay Mobayl» kompaniyalari nomiga 2016 yil 1 yanvarigaça tarmoqlararo ulaşning narxini belgilaşda qirğiz somlaridan foydalaniş talabini yubordi.