Turk harbiylari Iroqning şimolidagi Mosul şahri atrofidagi (IŞIDning Iroqda bosib olgan eng yirik şahri) öquv-maşğulot lagerida harbiy maşğulotlar ötkazişni boşlagan. Bu haqda Turkiya milliy xavfsizlik xizmatidagi öz manbasiga asoslanib, Reyter agentligi xabar bergan.
Manba Mosulga kelgan harbiylar soniga aniqlik kiritmagan, lekin bu muntazam qöşin ekanini bildirib ötgan.
Boşqa bir yuqori martabali amaldorning aytişiça, bu maşğulot IŞIDga qarşi kuraşning bir qismi hisoblanadi. U turkiyalik harbiy mutaxassislar kurdlarning peşmurğ uruği vakillarini harbiy harakatlarga örgatişini aytgan.
Qayd etiş kerakki, Mosulni IŞID jangarilari ötgan yilning iyulida bosib olgandi va Iroqdagi markaziga aylantirgandi. Iroq bu şaharni qaytarib oliş uçun bir neça marta harakat qilgan lekin içki nizolar tufayli bunga erişa olmagan.
Biroz oldinroq, AQŞ tomoni Iroq hududiga faqat rasmiy Bağdodning roziligini olibgina kirişini ma'lum qilgandi.






