Turkiya Transanatoliy (TANAP) gaz quvuri böyiça Ozarbayjondan gaz sotib oliş hajmini köpaytiriş imkonini körib çiqişi mumkin. Reuters axborot agentligining ma'lum qilişiça, bu haqda Turkiya boş vaziri Axmet Dovudöğlu aytib ötdi.
Kuni-keça Turkiya va Ozarbayjon Turkiya va Yevropaga Ozarbayjon gazini yetkazişga möljallangan TANAP loyihasini 2018 yildan avval tugatişga kelişib olgani ma'lum bölgandi. Avvalroq Turkiyaga uşbu gaz quvuri böyiça yiliga 6 mlrd kub metr gaz yetkazib berilişi ma'lum qilingandi.
TANAP loyihasi Ozarbayjonning “Şohdeniz” konidan Gruziya-Turkiya çegarasidan Turkiyaning ğarbiy çegarasigaça gaz yetkazib berişni közda tutadi. Loyihaning umumiy qiymati 10 mlrd dolllarga baholanmoqda.
TANAP gaz quvurining dastlabki ötkaziş qobiliyati yiliga 16 mlrd kub metr gazni taşkil qiladi. Bundan 6 mlrd kub metri Turkiyaga, qolgani Yevropaga yetkaziladi.
Turkiyaga 2018 yildan gaz yetkazib berilişi rejalaştirilmoqda, Transadriatik gaz quvuri qurilişi tugagaç 2020 yildan Yevropaga ham gaz yetkazib beriş boşlanadi.






