Hindiston şimoli-ğarbidagi Rajastan provinsiyasida pikapning töxtab turgan yuk maşinasiga kelib urilişi oqibatida eng kamida 18 kişi hayotdan köz yumdi, 16 kişi jarohatlandi, deya xabar bermoqda NDTV telekanali.
“Pikap töxtab turgan yuk maşinasiga kelib urilişi oqibatida 14 kişi halok böldi, ularning 11 nafari ayollardir. Yana tört nafari şifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda olgan tan jarohatlari sababli hayotdan köz yumdi”, - deyiladi politsiya xabarida.
Pikapda işdan öz uylariga qaytayotgan mehnatkaşlar bölgan.
Mahalliy hukumat jabrlanganlar va halok bölganlarning oilalariga tovon puli tölanişini ma'lum qildi.






