Barça odamlar yomon işlarni ataylab amalga oşirişadi, yaxşilarini esa har doim ham ataylab amalga oşirişmaydi. Olimlarning aytişiça, dunyoga bunday nazar bilan qaraş inson boş miyasining öziga xos jihatlariga boğliq.

Scientific Reports jurnalida tasvirlangan tajriba iştirokçilariga ikkita jumla körsatilgan. Birinçisida qandaydir kompaniyaning ijroçi direktori muayyan harakatlar rejasi atrof-muhitga zarar yetkazişini bilsa ham, biroq bu haqda qayğurmay, öz kompaniyasi köproq foyda körişi uçun bu rejani baribir amalga oşirişga qaror qilgan.

Ikkinçi jumlada “zarar yetkaziş” sözi “yordam beradi” söziga almaştirilgan. Odamlardan ularning fikriça direktor tabiatga bilib turib zarar yetkazgan yoki yordam berganmi yoki atrof-muhitga körsatilayotgan samara aslida ikkinçi darajali bölib, asl maqsad esa faqatgina kompaniya daromad körişidan iborat bölganmi, aytiş söralgan.  

82 foiz söralganlar direktor aksini aytgan bilan, tabiatga ataylab ziyon yetkazganini aytişgan. Va faqatgina 23 foiz söralganlar atrof-muhitni yaxşilaş böyiça işlar bilib turib qilinganini aytişgan. Tadqiqot mualliflarining ta'kidlaşiça, yon atrofdagilarni ğaraz niyatlardan bunday gumon qiliş boş miya işi bilan boğliqdir.

Agar u yoki bu harakat insonda salbiy tuyğular uyğotsa, miyaning his-tuyğular uçun javob beruvçi bodomçasimon tanasi faollaşadi. Bu odamning ongli dalillarga emas, balki tuyğularga asoslanib harakatlarning ataylab qilingani haqida qaror çiqarişga majbur qiladi.  Xatti-harakat borasidagi ijobiy tuyğular esa bodomçasimon tanaga ança kam ta'sir qilgan.