AQŞ prezidenti Barak Obama 6 dekabrda AQŞdagi xavfsizlik yuzasidan millatga murojaat qiladi. Bu haqda Oq uy ma'lum qildi.

“Yakşanba kuni prezident Obama asosiy ustuvor vazifa – amerika xalqining xavfsizligini amalga oşiriş uçun hukumat qabul qiladigan qadamlar borasida Oq uyning Oval kabinetidan millatga yuzlanadi”, deyilmoqda xabarda.   

Qayd etilişiça, Obama San-Bernardinodagi otişmaning tergovi böyiça yangi ma'lumot bilan bölişadi. Şuningdek, Obama terrorçilikka, jumladan IŞIDga qarşi kuraşning zarurligini ta'kidlab ötadi.