Turkiya şimolidagi Samsun şahri porti ma'muriyati Rossiya kemalarining uşlanganini tasdiqlamadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda port ma'muriyati vakili ma'lum qildi.

“Ayni paytda birorta ham Rossiya kemasi bizning portda uşlanmagan. Rossiya kemalari bizga tez-tez kirib turadi, ularga bizda işçi tartibda xizmat körsatiladi, uşlaşlar, hibsga olişlar haqidaku umuman gap bölişi mumkin emas”, deb aytdi port vakili.

Vakilning aytişiça, OAVlarda paydo bölgan Rossiya kemalarining uşlangani haqidagi xabarlar “butunlay uydirma”dir.

Avvalroq bir qator turk OAVlari Samsun portida Rossiyaning 4 ta kemasi uşlangani haqida xabar berişgan.