London şahri meri Boris Jonsonning aytişiça, Suriyada bombalaş işlarini olib boriş kerakli natijalarni keltirmayapti.

"IŞIDni butkul mağlub qiliş uçun alohida bölib harakatlanişni töxtatiş kerak", deb yozadi mer özining The Telegraph gazetasidagi kolonkasida.

U Buyuk Britaniya Suriyadagi harakatlari rejasini aniqlaştirib olişi va Yaqin Şarqda aksilterror koalitsiya tuzilişi kerakligini ta'kidlagan.

Uning hisoblaşiça, bu koalitsiya tarkibidan albatta Rossiya hamda Başar Asad ham joy olişi kerak. Mer Rossiya va suriyaliklar iştirokisiz IŞIDni yengib bölmasligini bildirgan.

Öz navbatida Boris Jonson özini Putin tarafdori sifatida atamasligini, Putinni tiran deb bilmasligini qöşimça qilib ötgan.

"Putin uçun yaxşi bölişi, Ğarb uçun yomon degani emas", deydi u.

London merining işonç bilan yozişiça, ayni vaqtda Ğarb IŞIDga qarşi kuraş olib boriş bilan birga Putinning bu mintaqadagi örni mustahkamlanmasligini ta'minlaşga ham urinmoqda.

Biroz oldinroq, xalqaro koalitsiya samolyotlari yanglişib, Suriya armiyasining Deyr az-Zavr viloyatidagi bölinmalariga zarba bergani haqida ma'lumot paydo bölgandi.