Hindistonning şimoliy hududlarida Tojikistonda röy bergan yer tebranişi ta'siri sezildi. Xususan, mamlakat poytaxti Nyu-Deli va şu nom bilan nomlangan ştatda ham zilzila ta'siri qayd etilgan. Bu haqda NDTV telekanali tvitterida ma'lum qilindi.

Şuningdek, Jammu va Kaşmir ştatlari aholisi zilzilani sezişgan. Jabrlanuvçilar haqida ma'lumot yöq.

Bugun, 7 dekabr kuni, Tojikistonda kuçli yer silkinişi kuzatildi.

Yevropa Örta Yer dengizi Seysmologiya markazi xabariga köra zilzila magnitudasi 7,2 ballni taşkil etgan. Zilzila öçoği 10 km çuqurlikda bölgan.

Bu zilzila, Toşkent vaqti bilan soat 12:52da Özbekiston viloyatlarida ham sezilgan. Turli hududlarda yer silkinişi kuçi 2 balldan 4-5 ballgaça bölgan.

Qurbonlar va vayronaliklar haqida hozirça ma'lumot berilmadi.