Suriya TIV BMT xavfsizlik kengaşiga AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari tomonidan suriyalik harbiylar joylaşgan bazalarga raketa zarbalari yöllangani haqida norozilik notasi jönatdi. Bu haqda SANA axborot agentligi hukumatdagi öz manbasiga asoslanib, xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinişiça, Dayr az-Zavr viloyatida sodir bölgan bu hodisa vaqtida koalitsiyaning 4ta samolyotidan 9ta raketa yöllangan va natijada 3 kişi halok bölib, 13 kişi jarohatlangan.
Şuningdek, 3ta zirxli maşina yöq qilinib, qurol va öq-dori omborlari vayron bölgan.
"Suriya Arab respublikasi koalitsiya tomonidan sodir etilgan bu hujum BMT Ustaviga zid ekanini eslatadi va taşkilotda bu ayançli xatoni muhokama etişni söraydi", deyiladi Suriya TIV murojaatida.
Eslatib ötamiz, bugun xalqaro koalitsiya samolyotlari yanglişib, Suriya armiyasining Deyr az-Zavr viloyatidagi bölinmalariga zarba bergandi.
Undan oldinroq, AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri xalqaro koalitsiya kuçlari IŞIDga qarşi amaliyotlar kölamini kengaytirişi haqida ma'lum qilgandi.






