2015 yilning 5-6 dekabr kunlari Toşkent axborot texnologiyalari universitetida Şimoliy-Şarqiy Yevropa guruhida dasturlaş böyiça jahon çempionati yarim final bosqiçi musobaqalari bölib ötdi. Bunda Özbekistondan 26ta jamoa, Qozoğistondan 24ta jamoa va Qirğizistondan 2ta jamoa final yöllanmasini qölga kiritiş uçun kuraşdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga köra, Toşkent axborot texnologiyalari universitetining 1-jamoasi “Tahskent U of IT 1” (Bozorboyev O., Toşkanov A., Samadov S.) 7ta masala işlagan holda birinçi örinni egalladi. Qozoğistonning Kazakh-British TU 1 va Kazakh-British TU 4 jamoalari 7 va 6 ta masala işlagan holda ikkinçi va uçunçi örinlarni egallaşdi.
Musobaqa bir vaqtning özida Sankt-Peterburg, Barnaul va Tbilisi şaharlarida ham bölib ötdi.
Ma'lumot uçun, musobaqa reglamentiga köra jamoalarga 5 soat mobaynida turli xil 12ta masala beriladi va jamoalar masalalarni belgilangan dasturlaş tillari yordamida eng kam vaqt sarflab yeçişlari lozim bölar edi. Şimoliy-Şarqiy Yevropa guruhida eng yaxşi natijalarni qölga kiritgan jamoalardan final bosqiçiga tanlab olinadi va tez orada e'lon qilinadi. Finalga bitta oliy ta'lim muassasasidan faqatgina bir jamoa qatnaşişi mumkin.
Eslatib ötiş joizki, dasturlaş böyiça jahon çempionati finaliga yöllanmani Özbekiston jamoalaridan faqatgina Moskva davlat universitetining Toşkent filiali 1- jamoasi 2013 yilda qölga kiritgan.

Musobaqaning yakuniy natijalarini uşbu havola orqali köriş mumkin. 

Tayyorladi: Maxmudov Anvarjon, Abdullayev Alişer