Venesuelada 6 dekabr kuni ötkazilgan Milliy assambleya uçun parlament saylovida muxolifat kuçlari ğalaba qildi.

Muxolif hisoblangan "Demokratik birlik davrasi" bloki saylov natijalariga köra parlamentdagi 167 örindan 99tasiga egalik qilişi kutilmoqda.

Amaldagi "Yagona sotsialistik partiya" esa atigi 46 örin olgan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi rahbari Tibisay Lusena ma'lum qilgan.

Saylovda davomat 74,1 foizni taşkil etgan. Mamlakatda saylaş huquqiga ega 19,4 million kişi yaşaydi.

Şu tariqa avvaliga Ugo Çaves, keyin Nikolas Maduro rahbarligidagi sotsialistlar 17 yil içida ilk marta saylovlarda mağlub böldi.

Saylovning dastlabki natijalar e'lon qilingaç, odamlar Karakas köçalariga çiqib, tantanani nişonlaşgan.

Mamlakat prezidenti Nikolas Maduro öz partiyasi mağlubiyatini tan olgan.

Ma'lumot uçun, demokratlar yetakçisi Enrike Kapriles 2012 yilda Ugo Çaves vafot etgaç, muddatidan oldin ötkazilgan prezidentlik sayloviga öz nomzodini qöygan, lekin Çavesning örinbosari Maduroga yutqazib qöygandi.

Maduro davrida inflyatsiya darajasi saqlanib qolib, jinoyatçilik körsatkiçlari ösdi. Bundan taşqari mamlakatning turli hududlarida oziq-ovqat tanqisligi kuzatildi.

Eslatib ötamiz, saylovlar arafasida muxolifat partiya yetakçilaridan biri Luis Manuel Dias noma'lum şaxslar tomonidan öldirib ketilgandi.

Yangi tarkibdagi parlament 2016 yilning yanvaridan faoliyat boşlaydi va 5 yil muddatga tuziladi.