2015 yilning 2-3 dekabr kunlari Toşkent şahridagi Şayxontohur va Uçtepa tumanlaridagi “Ayollar maslahat markaz”larida Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bağişlangan “Huquq va burç” mavzusida tadbirlar taşkil etildi. 

Tadbirda Toşkent şahar Adliya boşqarmasining mas'ul xodimi X.Komilxöjayeva, Toşkent şahar boş imom-xatibi A.Tursunov, Toşkent şahar boş imom-xatibining ayollar masalalari böyiça maslahatçisi K.Tillayeva, Şayxontohur tumani boş imom-xatibining ayollar masalalari böyiça maslahatçisi F.Sulaymonova iştirok etdi.

Uçtepa tumanidagi tadbirda esa tuman xotin-qizlar qömitasi xodimi M.Aripova, “Hazrati Umar” jom'ye masjidi imom-xatibi X.Şermatov va Uçtepa tuman boş imom-xatibining ayollar masalalari böyiça maslahatçisi N.Qoraboyeva qatnaşgan.

Şuningdek, tadbirda Sergeli, Çilonzor, Yakkasaroy, Olmazor, Uçtepa tumanlari istiqomat qiluvçi 72 nafar ayol iştirok etdi. Tadbir davomida tuman xotin-qizlar qömitasi xodimi M.Aripova tomonidan “Huquq va burç” mavzuida özbek ayollari haq-huquqlariga doir ma'ruza hamda “Hazrati Imom” jome' masjidi imom-xatibi X.Şermatov Konstitutsiyada ayollarning huquqlari töliq kafolatlangani, şuningdek, islom ta'limotida ham xotin-qizlar himoya qilinişi yuzasidan jonli misollar bilan ma'ruzalar qilişdi. Jumladan, Özbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida ta'kidlanganidek Özbekiston Respublikasining har bir fuqarosi millati, tili, irqi, dini, ijtimoiy kelib çiqişidandan qat'i nazar biror dinga e'tiqod qilişi yoki qilmaslik huquqiga ega ekanligi aytilgan. Har bir fuqaroning haq-huquqlari Konstitutsiyaning va Qonun hujjatlari bilan kafolatlangan.

Şu bilan birga, çiqişlarda Konstitutsiyada diniy huquq va erkinliklarga oid bandlarda dindor kişilarning e'tiqod erkinliklari kafolatlangani ta'kidlandi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasining 1998 yilda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisidagi Qonuni”ga binoan barça diniy taşkilotlar teng huquqliligi ta'minlangani alohida e'tiborga molik ekani qayd etildi.

Tadbirda tuman boş imom-xatiblarining ayollar masalalari böyiça maslahatçilari ayollarga tinglangan ma'ruzalar yuzasidan öz fikr mulohazalarini bildirib, bugungi kunda tinçlik va xotirjamlikka şukronalik keltiriş, huquqlarni talab qilayotganda burçlarni ham eslab qöyiş lozimligi haqida sözlab ötdi. Ogoh böliş, şukronalik keltiriş har bir insonning öz oldidagi burçi ekanligi, farzandlarning ertangi kunida jamiyatda munosib öringa ega bölişlari uçun har kim mas'ul va javobgar ekanini ta'kidladi.

Mazkur tadbirlarni kengroq doirada ötkazib, suhbat jarayonlariga taniqli diniy ulamolarni, ta'lim sohasidagi tajribali mutaxassislarni ham jalb etiş rejalaştirilayotgani aytib ötildi.

Tadbir nihoyasida iştirokçilar özlarining qiziqtirgan savollariga töla qonli javob olişdi. Sözga çiqqan ayollar uçraşuvdan mamnun ekanliklarini bildirişdi.