FIFA Qatardagi 2022 yilgi jahon çempionatiga tayyorgarlik işlaridagi mehnat şaroitlari yaxşilanganidan köngli töldi. FIFA boş kotibi vazifasini bajaruvçi Markus Kattnerning bu haqda aytgan sözlari FIFA rasmiy saytida keltirildi.
2014 yilda FIFA va Qatar hukumati futbol böyiça 2022 yilgi jahon çempionati obektlarini barpo etişda iştirok etuvçilarning mehnat, uy-joy şaroitlari va maoşlari böyiça me'yorlarni belgilagan qömitani ta'sis etgandi. Ayni paytda mamlakatda 5 ta stadion qurilişi davom etmoqda.
“Ayni paytga kelib Qatarning jahon çempionatiga tayyorgarlik taşkiliy qömitasi tomonidan amalga oşirilgan işlar tahsinga sazovordir. Biz obektlar qurilişida iştirok etayotgan işçilarning mehnat, uy-joy şaroitlari va maoşlari yaxşilanganidan könglimiz töldi. Biz Qatar hukumatini mehnat islohotlarini milliy darajada tezlaştirişga çaqirmoqdamiz, toki şunday mehnat standartlari mamlakatning barça quriliş kompaniyalari uçun huquqiy tomondan biriktirib qöyilsin”, deb aytdi Kattner.
Qatarda yozda ob-havo juda issiq bölişi tufayli 2022 yilgi jahon çempionatini 21 noyabrdan 18 dekabrgaça ötkazişga qaror qilingandi.






