Boş qomusimiz – xalqimiz irodasini özida ifoda etib, mamlakatimiz mustaqilligi, huquq va erkinliklarimiz, burç va majburiyatlarimizning qonuniy asosi, mustahkam kafolatidir. Uning har bir moddasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimiz manfaatlari aks etgan. Boş qomusimizni örganiş, uning moddalarini öz hayotiga tadbiq etiş har bir fuqaroning burçidir. Quyida esa e'tiboringizga eng asosiy konstitutsion huquq va burçlarni havola etib, ularni yana bir bor yodingizga solişni maqsad qildik.

2-modda.
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor şaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar.

4-modda.
Özbekiston Respublikasining davlat tili özbek tilidir.
Özbekiston Respublikasi öz hududida istiqomat qiluvçi barça millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinişini ta'minlaydi, ularning rivojlanişi uçun şaroit yaratadi.

10-modda.
Özbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti iş olib borişi mumkin.

13-modda.
Özbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga köra inson, uning hayoti, erkinligi, şa'ni, qadr-qimmati va boşqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

18-modda.
Özbekiston Respublikasida barça fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bölib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, e'tiqodi, şaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.

19-modda.
Özbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bölgan huquqlari va burçlari bilan özaro boğliqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qöyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etişga yoki ularni çeklab qöyişga heç kim haqli emas.

20-modda.
Fuqarolar öz huquq va erkinliklarini amalga oşirişda boşqa şaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari şart.

22-modda.
Özbekiston Respublikasi öz hududida ham, uning taşqarisida ham öz fuqarolarini huquqiy himoya qiliş va ularga homiylik körsatişni kafolatlaydi.

24-modda.
Yaşaş huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qiliş eng oğir jinoyatdir.

25-modda.
Har kim erkinlik va şaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Heç kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinişi yoki qamoqda saqlanişi mumkin emas.

26-modda.
Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir şaxsning işi sudda qonuniy tartibda, oşkora körib çiqilib, uning aybi aniqlanmagunça u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan şaxsga özini himoya qiliş uçun barça şaroitlar ta'minlab beriladi.
Heç kim qiynoqqa solinişi, zöravonlikka, şafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvçi boşqa tarzdagi tazyiqqa duçor etilişi mumkin emas.
Heç kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar ötkazilişi mumkin emas.

27-modda.
Har kim öz şa'ni va obrösiga qilingan tajovuzlardan, şaxsiy hayotiga aralaşişdan himoyalaniş va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega.
Heç kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan taşqari birovning turar joyiga kirişi, tintuv ötkazişi yoki uni közdan keçirişi, yozişmalar va telefonda sözlaşuvlar sirini oşkor qilişi mumkin emas.

28-modda.
Özbekiston Respublikasi Fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinçi joyga köçiş, Özbekiston Respublikasiga keliş va undan çiqib ketiş huquqiga ega. Qonunda belgilangan çeklaşlar bundan mustasnodir.

29-modda.
Har kim fikrlaş, söz va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim özi istagan axborotni izlaş, oliş va uni tarqatiş huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarşi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boşqa çeklaşlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritiş va uni ifodalaş erkinligi faqat davlat siri va boşqa sirlarga taalluqli bölgan taqdirdagina qonun bilan çeklanişi mumkin.

30-modda.
Özbekiston Respublikasining barça davlat organlari, jamoat birlaşmalari va mansabdor şaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bölgan hujjatlar, qarorlar va boşqa materiallar bilan tanişib çiqiş imkoniyatini yaratib berişi lozim.

31-modda.Hamma uçun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qiliş yoki heç qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöyilmaydi.

32-modda.


Özbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat işlarini boşqarişda bevosita hamda öz vakillari orqali iştirok etiş huquqiga egadirlar. Bunday iştirok etiş özini özi boşqariş, referendumlar ötkaziş va davlat organlarini demokratik tarzda taşkil etiş, şuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini rivojlantiriş va takomillaştiriş yöli bilan amalga oşiriladi.

35-modda.
Har bir şaxs bevosita özi va boşqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va şikoyatlar bilan murojaat qiliş huquqiga ega.
Arizalar, takliflar va şikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda körib çiqilişi şart.

36-modda.
Har bir şaxs mulkdor bölişga haqli. Bankka qöyilgan omonatlar sir tutilişi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi.

 

37-modda.
Har bir şaxs mehnat qiliş, erkin kasb tanlaş, adolatli mehnat şaroitlarida işlaş va qonunda körsatilgan tartibda işsizlikdan himoyalaniş huquqiga egadir.
Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni ötaş tartibidan yoki qonunda körsatilgan boşqa hollardan taşqari majburiy mehnat taqiqlanadi.

38-modda.
Yollanib işlayotgan barça fuqarolar dam oliş huquqiga egadirlar. Iş vaqti va haq tölanadigan mehnat ta'tilining muddati qonun bilan belgilanadi.

39-modda.

Har kim qariganda, mehnat layoqatini yöqotganda, şuningdek boquvçisidan mahrum bölganda va qonunda nazarda tutilgan boşqa hollarda ijtimoiy ta'minot oliş huquqiga ega.

40-modda.
Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş huquqiga ega.

41-modda.
Har kim bilim oliş huquqiga ega.

42-modda.
Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalaniş huquqi kafolatlanadi.
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanişiga ğamxörlik qiladi.

44-modda.
Har bir şaxsga öz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qiliş, davlat organlari, mansabdor şaxslar, jamoat birlaşmalarining ğayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga şikoyat qiliş huquqi kafolatlanadi.

45-modda.
Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolğiz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir.

46-modda.
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.

47-modda.
Barça fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qöyilgan burçlarini bajaradilar.

48-modda.
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etişga, boşqa kişilarning huquqlari erkinliklari, şa'ni va qadr-qimmatini hurmat qilişga majburdirlar.

49-modda.
Fuqarolar Özbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asraşga majburdirlar.

50-modda.
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bölişga majburdirlar.

51-modda.
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yiğimlarni tölaşga majburdirlar.

52-modda.
Özbekiston Respublikasini himoya qiliş — Özbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burçidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni ötaşga majburdirlar.

54-modda.
Mulkdor mulkiga öz xohişiça egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalaniş ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik şaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi şart.

64-modda.
Ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqiş va tarbiyalaşga majburdirlar.
Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bölgan bolalarni boqiş, tarbiyalaş va öqitişni ta'minlaydi, bolalarga bağişlangan xayriya faoliyatlarni rağbatlantiradi.

66-modda.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar öz ota-onalari haqida ğamxörlik qilişga majburdirlar.

117-modda.
Özbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylaş va saylaniş huquqiga egadirlar. Har bir saylovçi bir ovozga ega. Ovoz beriş huquqi, öz xohiş irodasini bildiriş tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.