Angliyaning “Mançester Yunayted” jamoasi Çempionlar Ligasining yarim finaliga yöllanmani qölga kiritgan yoki mavsum yakunlariga köra biror sovrin yutgan taqdirda boş murabbiy Lui van Gal bilan şartnomani uzaytiradi. Bu haqda The Guardian naşri yozmoqda.

Klub vakillari niderlandiyalik mutaxassis bilan muzokaralar olib bormoqda. Oxirgi ma'lumotlarga köra, unga quyidagi uç şartdan birini bajariş talabi qöyilgan: agar jamoa 21-marta APLda çempion bölsa, biror-bir boşqa sovrinni qölga kiritsa yoki ÇL yarim finaliga çiqsa.

Ana şundagina amaldagi şartnoma uzaytiriladi. Aks holda van Gal 2017 yil yozida, şartnomasi tugaşi bilan klubni tark etişi lozim böladi.
Van Gal MYu bilan 2014 yil mayida şartnoma imzolagan edi.