Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Ukrainaning Suriyadagi aksilterrorçilik koalitsiyasini qöllab-quvvatlaş niyatida ekanligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “112 Ukraina” naşri.
“Men janob Baydenga Ukrainaning Suriyadagi koalitsiya kuçlarini maksimal qöllab-quvvatlaşga tayyorligini tasdiqladim. Ukraina aksilterrorçilik koalitsiyasi bilan doimo yonma-yon boradi va Ukraina uçun terrorçilik xavfi bizga juda yaxşi taniş. Biz mamlakat içida terrorçilikka qarşi kuraş nimaligini bilamiz”, deb aytdi Poroşenko.
Poroşenko Kiyev AQŞ boşçiligidagi koalitsiyani aynan qanday qilib qöllab-quvvatlaşini aniqlaştirmadi.






