Avstriya poytaxti Venada politsiya Dunay daryosida 100 ming yevrodan köproq pul oqib ketayotganini aniqladi.
Ta'kidlanişiça, pullarni birinçi bölib şaharda yaşovçi bir erkak aniqlagan va ularning ortidan özini suvga taşlagan. Voqea guvohlari uni öz joniga qasd qilmoqçi deb öylab, politsiyani çaqirtirişgan.
Politsiyaçilar erkak suvdan 100 va 500 yevro qiymatdagi pullarni tutib olgan paytda yetib kelişdi.
Avstriya qonunlariga köra, pul topib olib, uni politsiyaga topşirgan odam topilgan pulning umumiy miqdoridan 5 foizdan 10 foizgaçasini oladi.
Politsiya vakili Roman Xaslingerning aytişiça, bunday katta miqdordagi pul öğirlangani yoki u bilan boğliq boşqa jinoyat sodir etilgani haqida heç qanday ma'lumot olinmagan.






