“Qozoğiston-Xitoy” gaz quvurining ötkaziş quvvati yiliga 55 mlrd kubometrga yetkaziladi. Ayni paytda bu körsatkiç yiliga 30 mlrd kubometrni taşkil qilmoqda.

Bu haqda 7 dekabr kuni Qozoğiston prezidenti huzuridagi Markaziy kommunikatsiyalar xizmatida bölib ötgan “Gaz uzatişning yangi yönalişlari” mavzuidagi brifing çoğida aytilgan.
Tadbirda hisobot bilan çiqqan energetika vazirining örinbosari Mağzum Mirzağaliyev bir hafta muqaddam Olmaota viloyatining Jambul tumanida gaz quvurining uçinçi “S” çiziği hamda ikkita kompressor stansiyalari işga tuşirilganini ma'lum qildi.

Şu bilan birga, qurilayotgan yana 6ta kompressor stansiyasi 2017 yilda tayyor böladi, şundan söng “S” çiziğining samaradorligi yiliga 25 mlrd kubometrni taşkil qila boşlaydi. Natijada gaz quvurining umumiy quvvati bugungi 30 mlrd kubometrdan 2017 yilda 55 mlrd kubometrni taşkil eta boşlaydi.