Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 2016 yil 1 yanvardan mamlakatda naqd pulga spirtli içimliklar sotilişi taqiqlanişi haqidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Uşbu qonunni buzganlik uçun jinoiy javobgarlik ham qöllanişi mumkin.
“50 manatgaça (50 dollar atrofida) naqd pulga aksizlanadigan mahsulotlarni, tamaki mahsulotlaridan taşqari, sotiş va bunday mahsulotlarni sotiş maqsadida naqd pulga sotib olişga 100 manat miqdorida jarima solinadi”, deb aytilmoqda ma'muriy qoidabuzarliklar kodeksiga kiritilgan özgartirişlarda.
Ozarbayjonda spirtli içimliklar aksizlanadigan mahsulotlar hisoblanadi.
Şuningdek, şu munosabat bilan jinoyat kodeksiga ham tuzatişlar kiritildi. “Katta miqdordagi (50 dan 1000 manatgaça) naqd pulga aksizlanadigan mahsulotlarni, tamaki mahsulotlaridan taşqari, sotiş hamda ularni sotiş maqsadida naqd pulga sotib olişga 1000-2000 manat miqdorida jarima solinadi yoki bir yilgaça axloq-tuzatiş işlari yoki bir yilgaça ozodlikdan mahrum etiş bilan jazolanadi”, deyilmoqda tuzatişlarda.
Ta'kidlanişiça, yangi tuzatişlar 2016 yil 1 yanvardan kuçga kiradi.






