Qozoğiston investitsiyalar jalb qilişning 6 ustuvor yönalişini belgilab oldi. Bular haqida respublika boş vaziri Karim Masimovning sayti orqali xabar qilindi.

8 dekabr kuni investitsiya va taraqqiyot vaziri Aset Isekeşov hukumatning kengaytirilgan yiğilişida qilgan çiqişida ustuvor ahamiyat qayta işlovçi sanoatga qaratilişini ta'kidlab ötdi.
Undan keyingi örinda, produktiv sohalar turibdi: vazirning sözlariga qaraganda, injiniring, şaxsiy xizmatlar, transport-logistika sohasi, geologik razvedka, soğliqni saqlaş va ta'lim tizimlari.

Uçinçi öringa agrosanoat kompleksi va tegişli infrastrukturani rivojlantiriş qöyildi.
Beşinçi öringa davlat va xususiy sektorlar şerikçiligi, oltinçi öringa iqtisodiyotning axborot texnologiyalari singari yuqori samarador sektorlari qöyilgan.