AQŞning harbiy-havo kuçlari bazasida maşğulot ötkazayotgan ikki nafar afğonistonlik izsiz ğoyib böldi. Bu haqda Valdost şahri (Jorjiya ştati)da yaqin joylaşgan Mudi bazasi vakillari xabar qilmoqda.
Berilgan bayonotda ma'lum qilinişiça, Afğonistondan aviatsiya maşğulotlarini ötaş uçun AQŞga kelgan ikki erkak maşğuotlarga öz vaqtida kelmagan. Ayni damda ularni huquq-tartibot idoralari xodimlari izlamoqda.
Ular AQŞga joriy yilning fevral oyida kelişgan edi. Erkaklar afğon qurolli kuçlari tarkibida xizmat qiladimi yoki fuqaro mutaxassislarimi, aniqlik kiritilmagan.
Valdost politsiyasi şefi Brayan Çidressning ma'lum qilişiça, ularning jamiyat uçun heç qanday xavfi yöq.






