AQŞ tomonidan Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurol-yaroğ va uskunalarning bir qismi eskirgan bölişi mumkin, lekin Vaşington Kiyevga asosan yangi namunalarni taqdim etmoqda. Bu haqda AQŞning Yevropadagi quruqlik qöşinlari qömondoni general-leytenant Ben Xojyes ma'lum qildi.
“Ehtimol, tezkor tartibda yetkazilgan (Ukrainaga) qurol-yaroğ va uskunalar eski bölişi mumkin, men bilmayman, - dedi Xojyes. Ayni paytda, general zirhli kamzullar, boş kiyimlar, tibbiy va boşqa aslahalar, jumladan, artilleriya radarlari yangi yoki “amaliy jihatdan yangi” ekanligini ta'kidlab ötdi.
Dekabr oyi avvalida The Washington Post naşri AQŞ Ukrainaga yetkazib bergan uçmaydigan qurollarning bir qismi haqiqiy “metallolom” bölib, foydalanişga yaroqsiz ekanini ma'lum qilgan edi. Jumladan, ukrain maxsus xizmatlariga yetkazilgan bir neça “Xammer” yöl tanlamaslari foydalanilmasdanoq işdan çiqqani yozilgandi. Bundan taşqari, AQŞ armiyasi 2000- yillar örtalarida foydalangan zirhli kamzullarni yetkazib bergan.






