2015 yilning 11 oyi natijalariga köra Qirğiziston yalpi içki mahsuloti 373,1 mlrd qirğiz sömini taşkil qildi. Bunday ma'lumotlarni Qirğiziston milliy statistika qömitasi keltirmoqda.
Qömita ma'lumotlariga köra, 2015 yilda YaIM 2014 yilga nisbatan 3,6 foizga ösgan. Qumtor konida faoliyat yurituvçi korxonalar daromadi hisobga olinmaganda YaIM 345,5 sömni taşkil qilgan.
Bundan 154,4 mlrd söm (ösiş 0,7 foiz), Qumtor koni inobatga olinmaganda 86,6 mlrd söm işlab çiqariş mahsulotlari hisobiga töğri keladi.
“2015 yil yanvar-nobyarda işlab çiqariş sur'atlari ösişining sekinlaşişi asosan qimmatbaho metallar işlab çiqarilişi pasayişi (54,7 foiz) hisobiga bölgan. Şu bilan bir qatorda yil boşidan metall rudalar qazib olişda (5,3 marta) va neft mahsulotlari işlab çiqarişda (1,9 marta) ösiş saqlanib qolmoqda. Töqimaçilik (13,3 foiz), kiyim-keçak (24,8 foiz), elektr qurilmalar (8,8) va boşqa nometall ma'danli mahsulotlar işlab çiqarişda (10,4), elektr energiya, uni uzatiş va taqsimlaşda (6,2) ortda qoliş saqlanib qolmoqda”, deb aytilmoqda statistik ma'lumotlarda.






