Rossiya havo kuçlarining Suriyadagi aviaguruhi ötgan sutka davomida Humaymim aviabazasidan 82 harbiy parvozni amalga oşirib, terrorçilarning 200dan ortiq obektiga zarba berdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konaşenkov bayonot berdi.

“Ötgan sutka mobaynida Rossiya havo kosmik kuçlari samolyotlari 82 harbiy parvozni amalga oşirib, terrorçilarning Suriya Arab Respublikasidagi 204 obektiga zarba berdi. Nişonlar Halab, Idlib, Lazqiya, Xama va Xoms viloyatlarida joylaşgan edi. Parvozlarning 32tasi tungi paytda amalga oşirildi”, - uning sözlarini keltiradi Interfaks agentligi.