Avstarliyaning Melburn şifoxanalaridan biridagi jonlantiriş bölimiga yotqizilgan qizning ahvoli tajribali şifokorlarni ham dovdiratib qöydi. 17 yoşli maktab öquvçisi Ellen Littsovning körinişi ayançli bölib, u 40 kg ga oriqlab ketgan edi.
Şifokorlar bir haftadan buyon tuz totmayotgan qizning hayotini arang saqlab qolişdi. Uning bunday holga tuşişiga sinfdoşlari qizning ustidan kulişlari sabab bölgan.
“Semizligim uçun özimni yomon körar edim. Şu bois ozişga harakat qildim. Şoyad sinfdoşlarim meni qabul qilişsa deb öyladim. Boşida yaqinlarim mening bu işimga qarşilik qilişdi. Ammo men öz ahdimda qat'iy turdim”, — dedi Ellen.
Qiyinçilik bilan ötgan bir neça oydan söng Littsov 40 kg ga ozib ketdi. U endi harakatlanişga ham qiynalib qolgan edi. Çunki bundan butun badaniga oğriq turar edi.
Notöğri qöllanilgan parhez tufayli u şu holatga kelib qolgandi. Sport bilan şuğullanişni ham taşlab qöydi. Tengdoşlarining esa unga bölgan munosabati yanada yomonlaşdi. Qaysidir vaqtga kelib, u yemay ham, içmay ham qöydi. Natijadabu vaqtga kelib uning oğirligi 35 kg ga yetdi. Oçlikning sakkizinçi kuni bir qultumgina suv içdi va şu zahoti yerga qulab, qaltiray boşladi.
“Şundagina menga yordam zarurligini anglab yetdim. Onam tez yordam çaqirdi va meni şifoxonaga olib ketişdi”, — dedi Ellen.
Şifokorlar unga kerakli yordam körsatişdi. Ayni damda Ellenning salomatligi yaxşi tomonga özgarişda davom etmoqda.






