Aqşning Ford korporatsiyasi 2020 yilgaqadar elektromobillar işlab çiqariş sohasiga qöşimça ravişda 4.5 mlrd dollar investitsiya kiritadi. Bu haqda kompaniya tarqatgan matbuot xabarnomasida aytilmoqda.

Ford elektromobillar qatoriga 13 model qöşib, ularning öz assortimentidagi uluşini 2020 yilga kelib 40 foizga yetkazişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, 2016 yil oxiriga qadar kompaniya Focus Electric elektromobilining yangi versiyasini işlab çiqmoqçi; yangi maşina 30 daqiqada 80 foizga quvvatlantirilib, 160 km masofani bosa oladi.