AQŞning Oklaxoma ştatidagi Oklaxoma-Siti şahri hakamlik sudi sobiq politsiyaçi Deniyel Xoltsklouni xizmat yillarida 13 nafar qora tanli ayolni zörlaganlikda aybdor deb topdi. Bu haqdagi qaror ötgan payşnba kuni çiqarildi.
Mazkur iş OAVning diqqatini öziga tortdi, negaki u yana qora tanli aholining oq tanli şaxslar tomonidan tazyiqqa olinişi mavzusini kötardi. Oq tanli fuqarolar hamda Osiyodan kelib çiqqan amerikaliklardan iborat hakamlar duşanbadan boşlab masalani muhokama qilib kelişdi. 29 yoşli erkak qöyilgan 39 ayblovdan 18tasi böyiça aybdor deb topildi. Sobiq politsiyaçi umrbodga qamalişi mumkin.Yakuniy hukm yanvar oyida e'lon qilinadi.
Tergov ma'lumotlariga qaraganda, Xoltsklou kambağal tumanlarda istiqomat qiladigan, qonun oldida muammolari bior qora tanli ayollarni ölja qilib olgan. U ayollarni qörqitib, yaqinlikka majbur qilgan.






