Facebook ijtimoiy tarmoği asosçisi Mark Tsukerberg “Kitoblar yili”ning yakunida “Bolalar uçun kvant fizikasi” kitobini öqişga qaror qildi. Bu haqda u özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali hazil tariqasida yozdi.
2015 yilning yanvarida tijoratçi mazkur vaqtni “Kitoblar yili” deb e'lon qilib, har ikki haftada bittadan kitob öqişga va'da bergan edi. Obunaçilar uning mutolaasini kuzatib bora olişlari uçun öz ijtimoiy tarmoğida maxsus sahifa oçib, uni A Year of Books deb nomlagan edi.
“Bolalar uçun kvant fizikasi”ni öqişini aytganidan söng, Tsukerberg hazillaşganini tan oldi.
“Hazillaşdim, - deb yozdi u. – Aslida bu Genri Kissinjyerning “Xalqaro tartib”idir – xalqaro munosabatlar haqida, butun dunyoda qanday qilib tinç munosabatlar quriş mumkinligi haqida. Bu biz bolalarimiz uçun tinç dunyoni yaratişimiz uçun muhim, men öşa kunlar haqida öylamoqdaman”.
Postning oxirida u “Kvant fizikasi”ni qiziga öqib berayotganini aytdi.
“Men Maksga öqib berişni yaxşi köraman. Keyingi yil, aftidan, “Bolalar kitoblari yili” böladi”, - deb sözlarini yakunladi Tsukerberg.






